AsosiyJamiyat

Namanganda 2019 yillarda yozilgan jarimalar mahalla nozirlari orqali to`latilmoqda?

'Namanganda 2019 yillarda yozilgan jarimalar mahalla nozirlari orqali to`latilmoqda?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda 2019 yillarda yozilgan jarimalar nega mahalla nozirlari orqali to`latish boshlandi? Aybdorlar kim fuqarolarga jarima haqida ma`lumotlar kelmaganiga?” izohi bilan xabarlar tarqaldi. 

Ushbu xabarlar Namangan viloyati IIB quyidagicha munosabat bildirdi:

" - O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashrilgan foto va video qayd etish  texnika vositalari orqali yo`l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma`muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi. Fuqaro V.A.ning transport vositasini ishonchnoma orqali boshqarganligi, unga nisbatan rasmiylashtirilgan jarima solish to`g`risidagi qaror nusxasi transport vositasining mulkdoriga yuborilganligini, lekin shu kunga qadar to`lanmaganligi aks etgan. Viloyat hududida to`lanmagan jarimalarning ortishi natijasida profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda mahallabay undirish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xurmatli fuqarolar, belgilangan jarimani vaqtida to`lang va yo`llardan harakatlangan vaqtda belgilangan tartib-qoidalarga qat`iy rioya qiling. Bu orqali nafaqat jarima jazosidan saqlanib qolasiz, balki sodir bo`lishi mumin bo`lgan avtohalokatlarga sababchi bo`lib qolishdan ham o`zingizni asragan bo`lasiz", - deyiladi rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar