AsosiyDunyo

Zelenskiy Ukraina hududiy mudofaa xalqaro legioni tuzilganini e`lon qildi

'Zelenskiy Ukraina hududiy mudofaa xalqaro legioni tuzilganini e`lon qildi'ning rasmi

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina hududiy mudofaa xalqaro legioni tuzilganini e`lon qildi. Bu haqda Prezident devoni saytida xabar berildi.

“Evropa va dunyo xavfsizligini himoya qilishga qo`shilishni istagan har bir kishi kelib, ukrainaliklar bilan XXI-asr bosqinchilariga qarshi yonma-yon turishi mumkin”, dedi Zelenskiy.

Ukrainaliklarga qo`shilishni xohlovchi xorijliklarga davlat tomonidan hududiy mudofaa kuchlari safiga qo`shilish taklif etiladi. 

Ukraina Prezidentining 2016 yil 10 iyundagi 248-son qarori bilan tasdiqlangan xorijliklar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning Ukraina Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni o`tashi to`g`risidagi nizomga ko`ra, chet elliklar ixtiyoriy ravishda Ukraina Qurolli Kuchlariga shartnoma asosida harbiy xizmatni o`tashlari mumkin. 

Ta`kidlanishicha, xalqaro legionga yozilish istagidagilar o`zlari yashayotgan mamlakatdagi Ukraina elchixonalari bilan bog`lanishlari kerak bo`ladi. 

2015-yilda Oliy Rada xorijliklarga Ukraina Qurolli kuchlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgan.

2016-yil iyun oyida tegishli farmonni o`sha paytdagi prezident Pyotr Poroshenko imzolagan edi.

    Boshqa yangiliklar