Rossiya Ukraina delegasiyasini Belarusning Gomel shahrida muzokaralar uchun kutmoqda, dedi RIA Novosti agentligiga Rossiya etakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Avvalroq, matbuot kotibi Moskva delegasiyasi allaqachon Gomelda bo`lganini aytgan edi. Rossiya Federasiyasining ukrainaliklar bilan muzokaralar olib borayotgan delegasiyasi tarkibiga Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Rossiya Federasiyasining boshqa idoralari, jumladan, prezident ma`muriyati vakillari bor.
davletovuzni aytishicha, Zelenskiy belarus xalqiga qilgan murojaatida Belarus hududidan Ukrainaga hujum bo`lganini, shu sababli Belarusda muzokaralar o`tkazilmasligini ta`kidlagan. Varshava, Budapesht, Boku, Istanbulni taklif qildik, qaer bo`lsa ham, Belarusda emas. Chunki betaraf hudud emas, dedi Ukraina prezidenti.






