Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukraina delegasiyasini Belarusning Gomel shahrida muzokaralar uchun kutayotganligi haqida xabar bergan edi.
Shundan so`ng Ukraina prezidenti Belorus halqiga murojaat bilan chiqdi.
" Bu kecha ham ukrainaliklarga shavfqatsizlik qilindi. Ular barchaga qarshi kurashishmoqda. Bolalar bog`chalari, aholi yashash punktlari, xonadonlari, hattoki tez tibbiy yordam xizmatlariga ham. Hech qanday harbiy ob`ekt joylashmagan shahar va tumanlarga ham raketa bilan hujum uyushtirishmoqda. Bularning barchasi Belorus hududidan turib amalga oshirilmoqda.
Men Belarus yaqin orada ham hamma ko`rganidek mehribon va xavfsiz bo`lishini tilayman. Hozir hayotingizdagi eng muhim narsa — bu to`g`ri tanlovdir", - deydi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy belarus xalqiga qilgan murojaatida Belarus hududidan Ukrainaga hujum bo`lganini, shu sababli Belarusda muzokaralar o`tkazilmasligini ta`kidlagan. Varshava, Budapesht, Boku, Istanbulni taklif qildik, qaer bo`lsa ham, Belarusda emas. Chunki betaraf hudud emas, dedi Ukraina prezidenti.






