Denov tumanida yashovchi, K.Jumanazar (ism shariflar o`zgartirilgan) 2022 yilning yanvar oyidan boshlab yashash xonadonida mahallasida yashovchi besh nafar voyaga etmagan shaxslarga “hujra” sharoitida diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
2022 yilning 12 fevral kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstemizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Denov tumani IIB Terrorizm va ekstemizmga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, K.Jumanazardan diniy adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






