Avvalroq, Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`anning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqotida Rossiyaning Ukrainaga hujumi va so`nggi voqealar muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.
Hurriyat nashrining xabar berishicha, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho`g`li ham, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Vazir Chavusho`g`li Turkiyaning vositachilik taklifini takrorladi.
Vazir Chavusho`g`li, harbiy ziddiyatning yanada kuchayishi hech kimga foyda keltirmasligini ta`kidlab, harbiy amaliyotlarni to`xtatishga chaqirdi.
Chavusho`g`li agar xohlansa, Rossiya Federasiyasi bilan Ukraina o`rtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor ekanliklarini ham takrorladi.






