AsosiyDunyo

Evropaning 17 davlati Rossiyaga havo chegarasini yopdi

'Evropaning 17 davlati Rossiyaga havo chegarasini yopdi'ning rasmi

Rus qo`shinlarining Ukrainaga hujum qilishi fonida turli davlatlar Rossiya uchun havo hududini yopmoqda hozirgacha ularning soni o`ndan ortib ketdi.

Kecha, 26 fevral kuni Bolgariya, Polsha, Chexiya, Buyuk Britaniya, Sloveniya, Ruminiya, Latviya, Litva, Estoniya, Islandiya, Shvesiya va Finlyandiya Rossiya uchun havo hududini yopgandi.

Bugun, 27 fevral kuni bu davlatlar qatori kengaydi. Germaniya, Avstriya, Belgiya, Daniya, Irlandiya, ham ular qatoriga qo`shildi.

Rossiya ham ushbu davlatlar uchun o`z havo hududini yopishini ma`lum qildi. Endi bu davlatlarning aviakompaniyalari uchun Rossiya havo hududi orqali tranzit va u bilan birga aeroportlar ham yopildi. 

O`z navbatida Rossiya aviatashuvchilari ham G`arbiy Evropaga parvozlar uchun muqobil yo`nalishlar topishi kerak.

    Boshqa yangiliklar