AsosiyDunyo

"Biz kelishib oldik"— Zelenskiy Rossiya delegasiyasi bilan muzokara o`tkazilishini tasdiqladi

'"Biz kelishib oldik"— Zelenskiy Rossiya delegasiyasi bilan muzokara o`tkazilishini tasdiqladi'ning rasmi

Avvalroq Ukraina atrofidagi vaziyatlar bo`yicha muzokaralar olib borish uchun Rossiya delegasiyasi Belarusning Gomel shahrida Ukrain delegatlarini kutayotgani haqda xabar bergandik.

Biroq Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni Belarusda o`tkazmasligini aytdi. U yo`llagan murojaatida Belarus hududidan Ukrainaga hujum bo`lganini, shu sababli Belarusda muzokaralar o`tkazilmasligini ta`kidlagandi.

Biroz vaqtdan so`ng Ukraina rahbari muzokaralar yuzasidan Lukashenko bilan suhbatlashganini ma`lum qildi.

"Biz Ukraina delegasiyasining Rossiya delegasiyasi bilan Ukraina-Belarus chegarasida hech qanday shartlarsiz uchrashishi bo`yicha kelishib oldik",-deydi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Kelishiuvga ko`ra, delegatlar Belarus-Ukraina chegarasida, Pripyat daryosi yaqinida uchrashadi.

"Lukashenko Ukraina delegasiyasining tashrifi, muzokaralari va qaytishi vaqtida Belarus hududida joylashgan barcha samolyotlar, vertolyotlar va raketalarning erda qolishi uchun javobgarlikni o`z zimmasiga oldi",-dedi Zelenskiy.

    Boshqa yangiliklar