AsosiyDunyo

Ukrainada otishma sabab daniyalik ikki jurnalist yaralandi

'Ukrainada otishma sabab daniyalik ikki jurnalist yaralandi'ning rasmi

Ukrainaning Axtirka shahrida yuz bergan otishma sabab Daniyalik ikki nafar jurnalist yaralandi. Ular Poltava kasalxonasiga yotqizildi, deya xabar bermoqda mamlakat Milliy polisiyasiga tayanib Interfaks-Ukrain axborot agentligi.

"Sumi viloyatida otishma chog`ida xorijlik jurnalistlar jarohat oldi. Ayni damda Daniya fuqarolariga Poltava viloyat klinik shifoxonasida zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda", — deyiladi Milliy polisiyaning twitter'dagi sahifasida.

Qayd etilishicha, shifokorlar yaradorlarning ahvolini o`rtacha og`ir deb baholagan. Daniya elchixonasi vakillariga xorijlik jurnalistlarning ahvoli yuzasidan ma`lumot berilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar