O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili shu vaqtgacha 600dan ziyod O`zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga etkazilganini ma`lum qildi.
"Bugun Ukrainaning Lvov shahridan O`zbekiston fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Ukraina-Polsha chegarasidagi "Krakoves-Karchova" nazorat-o`tkazish punkti sari yo`lga chiqdilar",-deydi vakil.
Ma`lum bo`lishicha, evakuasiya qilinayotganlardan biri shunday kunlarda ko`rsatilayotgan yordam sabab tashakkur bildirgan.
"Shunday kunlarda bizga yordam qilayotgan yurtboshimiz sog` bo`lsinlar" deydi Ukrainadagi o`zbekistonlikdan biri.
Elchixona vakillarining qayd etishicha, O`zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilish ishlari izchil davom etmoqda.






