AsosiyDunyo

Putin yadroviy kuchlarni shay qilishni buyurdi

'Putin yadroviy kuchlarni shay qilishni buyurdi'ning rasmi

Rossiya rahbari Vladimir Putin Rossiya tiyib turuvchi kuchlarini maxsus shay holatga keltirishni buyurdi. U Mudofaa vaziri va Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig`i bilan uchrashuvda ushbu ko`rsatmani berdi. Qayd etilishicha, uchrashuv Rossiya Federasiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi fonida bo`lib o`tgan.  

Putin yadroviy kuchlarni shay qilishga quyidagicha sababni keltirib o`tgan.

"NATOga a`zo etakchi davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari mamlakatimizga qarshi tajovuzkor bayonotlarga yo`l qo`ymoqda. Shuning uchun men mudofaa vaziri va Bosh shtab boshlig`iga Rossiya armiyasining tiyib turuvchi kuchlarini maxsus jangovar navbatchilik rejimiga o`tkazishni buyuraman",- degan Putin uchrashuvda.

Mudofaa vazirligi rahbari va Bosh shtab boshlig`iga murojaat qilgan Putin G`arb davlatlarini iqtisodiy sohada ham Rossiyaga qarshi nodo`stona harakatlarni amalga oshirayotinini ta`kidlagan.

"Men noqonuniy sanksiyalarni nazarda tutyapman, buni hamma yaxshi biladi", — deya qo`shimcha qiladi u.

RF Mudofaa vazirligi ma`lumotiga ko`ra, Rossiyaning Strategik tiyib turuvchi kuchlari tarkibiga strategik hujumkor kuchlar (ShK) va strategik mudofaa kuchlari (SMK) kiradi. ShK asosini qit`alararo raketa va aviasiya tizimlari bilan jihozlangan, yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar strategik raketa kuchlarini o`z ichiga olgan strategik yadro kuchlari tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar