Evropa Ittifoqi Rossiya samolyotlarining hududlar bo`ylab parvozlarini taqiqlab qo`ydi. Endi ruslar Evropaga ucha olmaydi. Bu Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan harbiy amaliyotiga javob deya ta`ikdanmoqda.
Evropa Ittifoqi yangi sanksiyalar paketini joriy qildi, unga Rossiya samolyotlarining butun hududi bo`ylab parvozlarni to`liq taqiqlash kiradi. Bu haqda bugun, yakshanba kuni Bryusseldagi matbuot anjumanida Evrokomissiya rahbari ma`lum qildi.
"Biz Evropa Ittifoqi havo hududini Rossiya "samolyotlari" uchun yopmoqdamiz. Biz Rossiyaga tegishli, Rossiyada ro`yxatdan o`tgan yoki Rossiya tomonidan boshqariladigan barcha samolyotlarga taqiq qo`yamiz. Bu samolyotlar qo`na olmaydi, ucha olmaydi va Evropa Ittifoqi hududi ustidan o`ta olmaydi", dedi u.
Ursula fon der Lyayen so`zlariga ko`ra, bu taqiq barcha samolyotlarga, shu jumladan xususiy samolyotlarga ham tegishli.






