Rossiya qo`shinlari Zaporoje viloyatining Berdyansk shahrini nazoratga oldi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy maslahatchisi Aleksey Arestovich bo`lib o`tgan brifingda xabar berdi.
"Berdyansk dushman tomonidan bosib olingan, u erda bizning qo`shinlarimiz yo`q edi, shahar egallab olingan", -deydi Arestovich.
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov avvalroq Qurolli kuchlar o`tgan kun davomida Xerson va Berdyansk, Genichesk va Chernobaevka aerodromini to`sib qo`ygani haqida xabar bergan edi. Uning qo`shimcha qilishicha, Rossiya qo`shinlari shahar va qishloqlarga zarba bermayapti, balki tinch aholi hayotini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko`radi.
Eslatib o`tamiz, 21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk va Lugansk xalq respublikalarining suverenitetini tan olish haqidagi murojaatlariga javoban tegishli farmonni imzoladi va 24 fevralda Ukrainada maxsus harbiy operasiya boshlanganini e`lon qildi.






