AsosiyJamiyat

Toshkentda o`quvchilar nega qizil galstuk taqishga majbur qilindi? XTV holatga munosabat bildirdi

'Toshkentda o`quvchilar nega qizil galstuk taqishga majbur qilindi? XTV holatga munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktab o`quvchilariga qizil galstuk taqdirilganligi mavzusi keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Shu sabab Xalq ta`limi vazirligi matbuot kotibi holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, maktab ma`muriyati maktabning bugungi ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlang`ich sinflarga erkaklar galstukining qizil rangini, katta sinflarga ko`k rangini taqish tanlangan.  

"Qolgan kunlari maktab galstuk taqishni talab qilmagan oq ko`ylak, to`q ko`k shimda kelishi zarurligi aytilgan",-deyiladi xabarda mazkur masalani siyosiylashtirmaslikni so`rab.

Boshqa yangiliklar