"O`zgidromet" markazi Bahor faslining ilk kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi 13-15° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.






