Bag`dod tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro M.Mirzalievning Federasiyaning ishonch telefoni orqali murojaati qilgan.
Murojaatda bildirilishicha, iste`molchi o`zining "KIA" rusumli avtotransport vositasiga tumandagi “Cho`lmirzahamdam” qishlog`ida joylashgan ustaxonada metan gaz qurilmasini o`rnattirgan. Biroq keyinchalik o`rnatilgan qurilmada nuqsonlar mavjudligi ma`lum bo`ladi. Tuman jamiyati mutaxassisining joyiga chiqib, murojaat egasi va usta I.Abduqaxxorovlar ishtirokida o`tkazgan o`rganishida, haqiqatan ham mazkur ustaxonada fuqaroning avtomashinasiga 2021 yilning noyabr oyida metan gaz qurilmasi o`rnatilganligi ma`lum bo`ldi.
Murojaat ijobiy hal etilib, avtomashinaning gaz qurilmasi o`z vaqtida soz holatga keltirilib berildi.






