Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar oyida O`zbekiston qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 116,1 ming tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 79,8 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning yanvar oyida O`zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Tojikiston – 53 ming tonna
- Qirg`iz R. – 36,3 ming tonna
- Qozog`iston – 26,5 ming tonna
- Eron – 195,8 tonna
- Turkmaniston – 135,8 tonna






