AsosiyJamiyat

O`zbekiston elchixonasining Xarkovdan fuqarolarni evakuasiya qilayotgan mikroavtobusiga snaryad parchasi kelib urilgan

'O`zbekiston elchixonasining Xarkovdan fuqarolarni evakuasiya qilayotgan mikroavtobusiga snaryad parchasi kelib urilgan'ning rasmi

Bu haqda O`zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov intervyusida ma`lum qildi.

«Xarkovda elchixonaga tegishli diplomatik mikroavtobusning oldi oynasiga, yon tomonni ko`rsatuvchi oynalariga snaryad parchasi zarar etkazgan. Shrapnel tushgan deyishdi. Diplomatimiz talabalar bilan birgalikda poezdga chiqib, Lvovga etib olishi kerak edi. Xarkovdan mashinada chiqib ketish judayam qiyin va xatarli edi. Mashinada etib borolmasdik. Biz imkon qadar manzilga tez borishimiz kerak edi. Mashinaga zarar etgan, uning ustiga yonilg`i ham tugagandi. Shu sababli mikroavtobusni vokzalda qoldirdik», — dedi Alisher Kurmanov.

Elchining so`zlariga ko`ra, vaziyat tinchiganidan so`ng o`zbek diasporasi vakillaridan mashinani boshqa joyga olib qo`yish iltimos qilinadi.

    Boshqa yangiliklar