Ispaniyaning Malaga shahar sudi slovakiyalik model Mayka Kukuchovani sobiq eri, millioner Endryu Bushni o`ldirganligi uchun 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Sud jarayonida qoralovchi Mayka Kukuchovaga 20 yil qamoq jazosi berishni so`ragan, ammo voqea sodir bo`lgan paytda sobiq eri Bush bilan urushganligi sababli uning affekt holatda bo`lganligi hisobga olinib, 15 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.
Bir nechta zargarlik do`konlari egasi bo`lmish 48 yoshli Endryu Bush 2014 yilda, Ispaniyaning Kosta-del-Sol kurortida, o`zining uyida otib o`ldirilgan. Unga uch marotaba o`q uzilgan. Voqea sodir bo`lishidan sal ilgari Endryu Bush Mayka Kukuchova bilan ajrashgan va rossiyalik talaba qiz Mariya Korotaeva bilan uchrasha boshlagan. Ular birgalikda Ispaniya qirg`oqlarida joylashgan villada dam olishayotganda, u erga Mayka Kukuchova borgan. Sobiq er-xotinlar o`rtasida janjal ko`tarilgan, oqibatda Mayka Kukuchova Bushga qarata uch marotaba o`q uzgan va voqea joyidan yashiringan.
Polisiya Mayka Kukuchovani vatani Slovakiyada qo`lga olgan. Model janjal paytida haqiqatan ham sobiq eriga qarata o`q uzganini tan olib, ammo uni o`ldirish niyati bo`lmaganligini bildirgan.





