AsosiyDunyo

4 yoshli qizcha prezident Vladimir Putindan qo`rqib, yig`lab yubordi(Video)

1 iyun kuni Kremlda “Bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oldiga, sahnaga chiqayotganda Tula viloyatidan tashrif buyurgan 4 yoshli Yana Kuleshova yig`lab yubordi, deb xabar berdi “Tjournal” nashri. 

Bu syujet Russia Today kanalida namoyish qilingan.

Vladimir Putin qizchani yupatishga harakat qilib, uning yoniga o`tirib, Yananing ko`z yoshlarini artdi. Keyin qizchaning diqqatini kameralarga qaratishga harakat qildi, ammo Yana yig`idan to`xtamadi.

“Bu vazifani bajarish juda mushkul ish ekan, buni qanday eplashingizga qoyilman!”,—dedi mamlakat rahbari onalarga qarata.

Boshqa yangiliklar