O`zbekistonda ochiq havoda niqob taqmaslik mumkin bo`lmoqda. Mazkur o`zgarish bugundan kuchga kiradi.
Ya`ni Respublika maxsus komissiyasining 23 fevraldagi qaroriga muvofiq, bugun 1 martdan O`zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilinmoqda.
Bunda, jamoat transporti, bozorlar, ta`lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo`ladi.
Shuningdek, 1 mart sanasida qonunchilikda yana bir qator o`zgarishlar kuchga kirdi.






