Rossiyalik Facebook foydalanuvchilari xavfsizlik nuqtai nazaridan o`z sahifalarini bloklashi mumkin. Bu haqda Meta blogida xabar berildi.
Unda aytilishicha, foydalanuvchilar o`z sahifalarini bloklagach ularning kontenti, sharhlari va avatarlariga faqat do`stlar kirish huquqiga ega bo`ladi. Shuningdek, kompaniya Instagram foydalanuvchilariga akkaunt xavfsizligi haqida eslatmalar yubordi.
Xususan, ulardan maxfiylik sozlamalarini tekshirish va sahifalarni yashirish so`ralgan. Keyingi qadam sifatida Meta kuchli parol o`ylab topishni va ikki faktorli autentifikasiyani o`rnatishni maslahat beradi.