Birozdan so`ng Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko`tarish va ayollarning jamiyatdagi o`rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo`ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig`ilishi boshlanadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yaqin daqiqalarda yig`ilishda ko`rilgan muhim masalalar va yangiliklar haqida xabardor qilib boramiz.






