Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Bosh vazir o`rinbosari — Xotin-qizlar va oila ishlari qo`mitasi rahbarligiga Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani hokimi Zulayho Mahkamova nomzodi ma`qullandi. Bu haqda "Nigoh" kanalida xabar berildi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga general-mayor Abdulla Qo`ldoshev nomzodi ma`qullandi. U favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Tursinxan Xudaybergenov tayinlanishi kutilmoqda.






