AsosiyJamiyat

Prezident raisligidagi videoselektor yig`ilishi boshlandi

'Prezident raisligidagi videoselektor yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident raisligidagi videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bugun, sizlar bilan bahorning birinchi kunida hammamiz uchun muhim bo`lgan masala – xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash bo`yicha eng dolzarb vazifalarni belgilab olamiz.

Sizlarga ma`lumki, ko`p ming yillik davlatchiligimiz tarixida buyuk namoyandalarimiz, mohir sarkarda va siyosatchi bo`lgan ota-bobolarimiz yonida hamisha oqila, jasur va fidoyi momolarimiz ham o`zlarining yuksak aql-zakovati, teran fikr va mulohazalari, amaliy harakatlari bilan mamlakat taraqqiyoti va ravnaqiga munosib hissalarini qo`shib kelganlar.

Biz o`tmishni yodga olar ekanmiz, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo`shgan ajdodlarimiz, jahongir bobolarimiz qatorida, mana shunday buyuk insonlarni dunyoga keltirib, mehr bilan tarbiyalagan, ularni ulug`vor ishlarga ruhlantirib, har bir ishda kamarbasta bo`lgan fozila ayollarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz”, - dedi davlatimiz rahbari yig`ilish avvalida.

    Boshqa yangiliklar