Fransiya tashqi ishlar vazirining rasmiy vakili Ukrainadagi mojarolardan jabr ko`rganlarga yordam ko`rsatish uchun hukumatning 100 million evro ajratish haqidagi qarorini ma`lum qildi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
"“Nohukumat va ko`p tomonlama tashkilotlarga moliyaviy ko`makdan tashqari, bizning qo`llab-quvvatlashimiz shoshilinch insonparvarlik yordamida ham namoyon bo`ladi”, — deyiladi xabarda.
Manbada aytilishicha, Fransiya TIV 4ta yuk mashinasidagi dastlabki 33 tonna gumanitar yuk allaqachon Polshaga etib borganini va u Ukraina rasmiylariga topshirilganini ma`lum qildi.
Yuborilgan gumanitar yuklarda asosan, oilaviy chodirlar, sanitariya vositalari va uxlash uchun sumkalar va boshqa favqulodda vaziyatlarga zarur bo`lgan buyumlar yuborilgan. Fransiya tez orada navbatdagi gumanitar yordamni yuborishga tayyorlanmoqda. Bu safar dori-darmon, shifoxona jihozlari etkazilishi ma`lum qilingan.






