Hindistonning Nyu-Deli shahrida yashovchi Xar Parkash Rishi bir vaqtning o`zida og`ziga 500 dona somoncha va 50 dan ortiq yonib turgan shamni joylashtirib, Ginnessning rekordlar Kitobiga kirish uchun barcha tishlarini sug`urtirib tashladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Nashrning xabar berishicha, 74 yoshli Rishining yutug`i Ginnessning rekordlar Kitobi vakillari tomonidan qayd etilgan bo`lsa-da, tashkilotning saytida bu haqda ma`lumot berilmagan.
Bundan tashqari Xar Parkash Rishi tanasiga turli davlatlar bayrog`i aks 366 ta tatuirovka ham chizdirgan. U ilgari erishgan muvaffaqiyatlari bilan ham Ginnessning rekordlar Kitobiga kiritilgan. Ilk marotaba 1990 yilda do`stlari bilan tanaffussiz 1001 soat skuterda uchgani uchun rekordlar Kitobiga qayd etilgan.
The Huffington Post nashrining ma`lumot berishicha, u o`zini Ginness Rishi deb ataydi. Endi rekordchi tanasiga ko`p miqdorda dunyo mamlakatlari rahbarlarining rasmini chizdirishni niyat qilgan.