AsosiyDunyo

Jo Bayden Kongressga yillik murojaatini yo`lladi

'Jo Bayden Kongressga yillik murojaatini yo`lladi'ning rasmi

Amerika qo`shma shtatlari prezidenti Jo Bayden Kongressga yillik murojaatini yo`lladi. Bu haqda "Znak" xabar berdi.  

Quyida AQSh rahbarining Kongressga qilgan murojaatidagi asosiy ma`lumotlar:

  • ️Putin juda katta xato qildi. U Ukrainaga kirishi mumkin va dunyo ostin-ustun bo`ladi deb o`ylagan. Buning o`rniga hech qachon kutmagan va tasavvur qilmagan kuch devoriga duch keldi — Ukraina xalqi bilan yuzlashdi;
  • ️AQSh havo hududini Rossiya aviakompaniyalari uchun yopadi;
  • ️AQSh qo`shinlari Ukrainadagi Rossiya kuchlari bilan to`qnashuvda ishtirok etmaydi va qatnashmaydi;
  • ️AQSh Evropaga qo`shimcha qo`shinlarini Ukrainada jang qilish uchun emas, balki NATOni himoya qilish uchun kiritmoqda;
  • ️Rossiya fond bozori AQSh va uning ittifoqchilarining sanksiyalari natijasida kapitallashuvining 40 foizini yo`qotdi;
  • ️AQSh sanksiyalari faqat Rossiya iqtisodiyotiga ta`sir qiladi, shtatlar amerikaliklarni ulardan himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solmoqda;
  • ️AQSh Ukraina atrofidagi vaziyatda Evropa va butun G`arbning birligini ko`radi;
  • ️AQSh Adliya vazirligi "Rossiya oligarxlarining jinoyatlarini tergov qilish" uchun maxsus ishchi guruh tuzadi;
  • ️AQSh va ittifoqchilari Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag` ajratadi.

    Boshqa yangiliklar