Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 3 296 000 doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
️Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 57 011 423 dozaga etdi.
Ulardan:
2 404 480 dozasi AstraZeneca;
41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
1 341 790 dozasi "Sputnik V";
6 322 860 dozasi Moderna;
2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 976 000 dozasi Sinovac;
343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
️Shundan 45,9 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 11 015 985 doza vaksina zaxirasi mavjud.






