AsosiyJinoyat

Ohangaron shahrida 270 mln so`mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Ohangaron shahrida 270 mln so`mlik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “A.” MChJ rahbari O.Yu. xodimi M.A. bilan oldindan til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo`lmagan 10 ming dona “ASS long taym” nomli dori vositasini 270 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar