AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati hokimi nomi ostida sohta akkaunt paydo bo`ldi

'Farg`ona viloyati hokimi nomi ostida sohta akkaunt paydo bo`ldi'ning rasmi

Instagram'da Farg`ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov nomi bilan ochilgan soxta akkaunt bo`yicha hokimlik bayonot berdi. 

Unda aytilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Instagram'da akkaunti bo`lmagan. Xayrullo Bozorov Facebook ijtimoiy tarmog`idagina o`z shaxsiy sahifasiga ega:

Instagram ijtimoiy tarmog`ida faqatgina Farg`ona viloyati hokimligining ‘Verified’ (tasdiqlangan) belgisiga ega fviloyatihokimligi sahifasi mavjud.

-Hozirda mutaxassislar tomonidan IP-ma`lumotlarni aniqlash uchun soxta akkauntni o`rganish ishlari olib borilmoqda, keyinchalik ular tegishli idoralarga qonuniy chora ko`rish maqsadida taqdim etilad, - deyiladi bayonotda

    Boshqa yangiliklar