Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakilining xabar berishicha, faol harbiy harakatlar olib borilayotgan Ukrainaning ayrim aholi punktlaridan, xususan, Xarkov, Sumi va Xerson shaharlaridan O`zbekiston fuqarolarini evakuasiya qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.
Shuningdek, fuqarolarni yuqoridagi shaharlardan olib chiqish harbiy harakatlar to`liq tugaganidan keyin tashkil etiladi. Ushbu davrgacha himoyalangan bunkerlarda qolish tavsiya etiladi.
Fuqarolarimiz joylashgan boshqa shaharlarda ularning Lvovga poezdda jo`nab ketishini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Kievdan yurtdoshlarimizni olib ketish uchun o`zbekistonlik ko`ngillilar va Elchixonaning avtomashinalaridan foydalanilmoqda.






