AsosiyDunyo

Kievning qamal qilinishi evakuasiya ishlariga qanday ta`sir ko`rsatdi? Rasmiy vakil javob berdi

'Kievning qamal qilinishi evakuasiya ishlariga qanday ta`sir ko`rsatdi? Rasmiy vakil javob berdi'ning rasmi

Ayni paytda Kiev shahri butunlay qamal qilingani aytilmoqda. Bu evakuasiya ishiga qanday ta`sir ko`rsatadi? Ushbu masalaga Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vauili Yusup Kabuljanov oydinlik kiritdi.

Unga ko`ra, Kievda va ayniqsa, uning chekka hududlaridagi murakkab vaziyatga qaramay fuqarolarimizni vokzalga etkazish ishlari davom etmoqda. Kievdan g`arbiy yo`nalishdagi poezd qatnovlari ham to`xtatilmagan.

Shuningdek, Kiev shahridan Varshava shahriga poezdlar qatnovi yo`lga qo`yilgani to`g`risida ma`lumot tarqaldi. O`zbekiston fuqarolari Polshaga ushbu poezdlarda borishlari mumkinmi?

Yusup Kabuljanovning ma`lum qilishicha, ayni paytda O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan fuqarolarimizni Lvov shahridan “Krakovets” nazorat- o`tkazish punktigacha etkazish tashkil etilmoqda.

Elchixonamiz muvofiqlashtiruvida Ukraina poytaxtida o`z avtomashinalariga ega ko`ngillilarning mobil guruhi Kievning turli tumanlari va shahar atrofidan ayollar, bolalar va qariyalarni Kiev temir yo`l vokzaliga etkazib qo`yish ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar