Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 435 626 514 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon 5 952 215 kishi vafot etgan.
Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 78 212 580 nafar, vafot etganlar soni 941 112 nafarni tashkil qildi.
Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 42 931 045 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 514 023 ni tashkil qiladi.
Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 28 768 104 kishi kasallangan, ulardan 649 134 kishi vafot etgan.






