AsosiyJamiyat

Sirdaryoda fuqaroni o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan talaba ushlandi

'Sirdaryoda fuqaroni o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan talaba ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda tezkor tadbirda noqonuniy holat aniqlanadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum qilishicha,  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti U.M. fuqaro O`.O.ning ishonchiga kirib, uni qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi Chimkent davlat universitetiga o`qishga kirib, uni qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi Chimkent davlat universitetiga o`qishga kiritib, keyinchalik o`zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o`qishini ko`chirib berishni va`da qilib, evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar