Chorshanba, 2 mart kuni birjadagi savdolar chog`ida Evropada gaz narxi 2021 yil dekabr oyi oxirida qayd etilgan tarixiy rekordni yangiladi. Bu haqda ICE London birjasiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1000 kub metr uchun deyarli 2230 dollargacha ko`tarildi. Xabarlarga ko`ra, gaz narxi 59,4 foizga oshgan.
2 mart kuni birjada gaz narxi doimiy ravishda 1000 kub metr uchun 1500, 1600, 1700, 1800, 1900, 2000 va 2100 dollardan oshgan.
Gaz uchun birja kotirovkalarining o`sishi AQSh, Evropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, shuningdek, boshqa davlatlarning Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan so`ng bir qator rossiyalik yuridik va jismoniy shaxslarga qarshi sanksiyalar qo`llashini e`lon qilgani fonida kuzatilmoqda.






