Ukrainadagi maxsus operasiyada 498 nafar rossiyalik askar harbiy burchni bajarish chog`ida halok bo`ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning harbiy operasiyasida 1 597 nafar harbiy yaralandi.
"Rossiyaning harbiy operasiyasida Ukraina tomonidan 2 870 nafar odam halok bo`lgan. 3700 nafari yaralangan. Rossiya tomonidan 498 nafar askar halok bo`ldi", deyilgan xabarda.
Ukraina Bosh shtabi ma`lumotlariga ko`ra, 24 fevraldan 2 mart ertalabgacha Rossiya harbiylarining umumiy hisoblangan yo`qotishlari 5840 kishi yaralangan va halok bo`lgan, 200 nafari asirlikda qolmoqda.






