Rossiyaga Toyota va Lexus avtomobillarini etkazib berish vaqtincha to`xtatildi,. Bu haqda Ria Novosti agentligi kompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, 4 martdan Sankt-Peterburgdagi Toyota zavodi butlovchi qismlarni etkazib berishdagi muammolar tufayli faoliyatini to`xtatadi.
“Komplekslarni etkazib berishdagi kechikishlar tufayli RAV4 va Camry ishlab chiqaruvchi Sankt-Peterburgdagi zavod 4 mart sanasidan boshlab o`z ishini to`xtatmoqda. Ayni paytda Rossiyaga Toyota va Lexus avtomobillarini etkazib berish vaqtincha to`xtatilgan, - deyiladi kompaniya bergan xabarda.
Kompaniyaning ta`kidlanishicha, ta`minot zanjirlari tiklanishi bilan avtomobillarni etkazib berish qayta yo`lga qo`yiladi.






