Rossiya tomonidan boshlangan harbiy harakatlar tufayli 400 mingdan ortiq ukrainaliklar Polshaga qochib o`tgan. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda.
"24 fevral, ya`ni urush boshlanganidan beri 410 mingdan ortiq qochqin Polsha hududiga kirib keldi", - deyiladi xabarda.
Chegara xizmati ma`lumotlariga ko`ra, birgina seshanba kuni ertalabdan beri Ukrainadan Polshaga 56,5 ming qochqin kirgan. Yaqin orada bu son yanada ko`payishi aytilmoqda.






