AsosiyJamiyat

Ukrainadan evakuasiya qilinganlarning navbatdagi guruhlari O`zbekistonga etib keldi

'Ukrainadan evakuasiya qilinganlarning navbatdagi guruhlari O`zbekistonga etib keldi'ning rasmi

Kecha Polshaning Katovise aeroportidan Toshkent vaqti bilan soat 14:50 da parvoz etgan samolyot soat 20:20 da poytaxt Toshkentga kelib qo`ndi.

Ushbu oltinchi maxsus reys bilan Ukrainadan evakuasiya qilingan 251 nafar O`zbekiston fuqarosi vatanga olib kelindi, deya xabar bermoqda  O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, shuningdek, bugun soat 00:30 da ettinchichi maxsus reys ham O`zbekistonga etib keldi.

Ushbu reys bilan 181 nafar O`zbekiston fuqarosi vataniga qaytarilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar