Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev chorshanba kuni ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi, tafsilotlar keyinroq berilishi kutilmoqda. Bu haqda Tokaevning matbuot kotibi Berik Uali ma`lum qildi, deya yozmoqda TASS.
"Ukraina tomonining tashabbusi bilan davlat rahbari Qosim-Jomart Tokaev va prezident Vladimir Zelenskiy o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi", — deya Uali so`zlaridan iqtibos keltirgan.
Eslatib o`tamiz, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada maxsus harbiy operasiya o`tkazilishini e`lon qildi. Shundan so`ng, AQSh, Evropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan kuchli sanksiyalar qo`lladi.






