AsosiyJamiyat

Ukrainadan Polsha hududi orqali O`zbekistonga qaytarilgan vatandoshlarimiz soni 1 859 nafarga etdi.

'Ukrainadan Polsha hududi orqali O`zbekistonga qaytarilgan vatandoshlarimiz soni 1 859 nafarga etdi.'ning rasmi

2022 yilning 2 mart kuni "Uzbekistan Airways" AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovise aeroporti orqali Ukrainadan evakuasiya qilindi. Ular orasida 129 ayollar, 82 bolalar va 14 chaqaloqlar bor. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali sakkizta aviareyslar bilan 1 859 nafar vatandoshimiz olib kelindi.  

Bugun yana bir necha evakuasiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan.  

Polsha hududida mamlakatimizning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi to`planish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovise aeroportiga joylashtirilgan.

O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuasiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.  

Mamlakatimizning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolarimiz uchun issiq ovqat etkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar ko`rsatilmoqda.

Ma`lumot uchun:

O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi raqamlari:

+380 44 501 50 00,  

+380 44 501 41 81,  

+380 44 501 41 82,  

+380 44 501 41 83.

O`zbekistonning Polshadagi Elchixonasi raqamlari:

Maruf Karimov (“Karchova” nazorat-o`tish punktida): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557.

Asqar Beknazarov (Katovise shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084.

Sardor Axmatov (Elchixonada): +48 502 501 588" Telegram: + 99894 6541010.

    Boshqa yangiliklar