AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida chang-to`zon ko`tarilishi mumkin

'Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida chang-to`zon ko`tarilishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 3 mart soat 20 dan – 4 mart soat 20 gacha kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi. 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 21-23° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin, ayrim joylarida 25-30 m/s gasha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin, ayrim joylarida 25-30 m/s gasha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin, Qashqadaryo viloyatida 25-30 m/s gasha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi. yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar