AsosiyJamiyat

Ekologiya boshqarmalari xodimlari va inspektorlariga har chorakda ustamalar, yo`lkira va ovqatlanish uchun oylik kompensasiya pullari berilmayotgani rostmi?

'Ekologiya  boshqarmalari xodimlari va inspektorlariga har chorakda ustamalar, yo`lkira va ovqatlanish uchun oylik kompensasiya pullari berilmayotgani rostmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Davlat ekologiya qo`mitasining hududiy Ekologiya  boshqarmalari xodimlari va inspektorlariga har chorakda ustamalar hamda yo`lkira va ovqatlanish uchun oylik kompensasiya pullari berilmayotgani haqida xabar tarqaldi. Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi holatlarini aniqlagan xodimlarga yuridik va jismoniy shaxslardan undirilgan jarima va zararni qoplashdan tushgan pul mablag`lari summasining 15 foizi miqdoridagi mukofot puli to`lanmayotgani haqida murojaat e`lon qilindi. 

Holatga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasining rasmiy izoh berdi.

"Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo`nalishida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib sohaga normativ-huquqiy hujjatlar ham takomillashtirilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3956-son qaroriga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o`tish tartibi to`g`risida”gi 90-son qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilish bo`yicha bugungi kunda tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilmoqda. O`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasida qo`llanilgan jarima va zarar summalaridan kelib tushgan mablag`lar hisobidan rag`batlantirish endilikda ushbu qarorga asosan amalga oshirilishini ma`lum qilamiz" deb izoh berdi.

    Boshqa yangiliklar