AsosiySport

O`FA "Neftchi" — "Qo`qon-1912" uchrashuvidagi penalti bo`yicha ma`lumot berdi

'O`FA "Neftchi" — "Qo`qon-1912" uchrashuvidagi penalti bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o`rin olgan "Neftchi" — "Qo`qon-1912" uchrashuvining 86-daqiqasidagi vaziyat O`FA Hakamlar bo`limi mutaxassislari va boshqa ekspertlar tomonidan o`rganib chiqildi. Bu haqda O`FA matbuot xizmati ma`lum qildi. 

"VAR yordamida Qo`qon-1912 darvozasi tomon penalti belgilangan mazkur vaziyatda himoyachi tashabbusi bilan yaqqol kontakt bor deb topildi. Qo`qon-1912 himoyachisi o`z yo`nalishini o`zgartirgani sabab uning chap tizzasi hujumchining o`ng oyog`iga tekkan. O`yin qoidalariga muvofiq bunday vaziyat qoidabuzarlik hisoblanadi va penalti to`g`ri belgilandi degan xulosa chiqarildi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar