AsosiySport

OChL. "Paxtakor" guruh uchrashuvlarini qaysi mamlakatda o`tkazishi ma`lum bo`ldi

'OChL. "Paxtakor" guruh uchrashuvlarini qaysi mamlakatda o`tkazishi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Osiyo Chempionlar ligasi G`arb mintaqasidagi guruh bosqich o`yinlari qaysi mamlakatda o`tkazilishi ma`lum qilindi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar bermoqda

Qayd etilishicha, ushbu mintaqadagi barcha o`yinlar Saudiya Arabistonida o`tkaziladi. Jumladan, "Paxtakor" klubi ham "D" guruhidagi bellashuvlarning Burayda shahrida o`tkazadi.

Agarda "Nasaf" pley-off bahsida muvaffaqiyat qozonsa, "E" guruhida to`p surish imkoniyatiga ega bo`ladi. Mazkur guruh bellashuvlari Dammam shahrida o`ynaydi. 

Ma`lumot uchun, G`arb mintaqasida guruh o`yinlari 7-27 aprel kunlari oralig`ida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar