Kecha tunda Zaporoj`e atom elektr stansiyasi chekkasida ruslar va ukrainlar bilan janglar bo`lib o`tdi.
Ukrainaning energotizimlar bo`yicha meri Dmitro Orlov bu bo`yicha ma`lumot berdi.
Ko`p o`tmay, Orlov shu haqdagi videoni ham e`lon qildi, unda u Rossiya uskunalari atom energetika bloklarini o`qqa tutayotgani va Evropadagi eng yirik atom elektr stansiyasida haqiqiy yadroviy xavf mavjudligini ta`kidlanadi.
"Dushmanning Evropadagi eng yirik atom elektr stansiyasining binolari va bo`linmalarini uzluksiz o`qqa tutishi natijasida Zaporoj`e atom elektr stansiyasi yonmoqda",-degan Orlov.
Shuningdek, Zelenskiy Zaporoj`e atom elektr stansiyasining o`qqa tutilishi, yong`in yuzaga kelgani haqida tezkor bayonot berdi.
“Ukraina hududida 15 ta atom energetika bloki mavjud. Agar hammasi portlasa, bu butun Evropani evakuasiya qilish degani, hamma narsaning oxiri degani, Evropaning oxiri degani"-deydi Volodimir
Yaxshiyamki ko`p o`tmay o`t o`chiruvchilar hududga etib kelgan, ularga yong`inni bartaraf etish uchun yo`l ochib berilgan.
Shundan so`ng, Xalqaro atom energiyasi agentligi ham holat bo`yicha munosabat bildirdi.
"Atom elektr stansiyasi hududidagi yong`in stansiyaning "asosiy" uskunasiga ta`sir qilmadi",-deydi agentlik.






