AsosiyDunyo

Ruslar va ukrainlar bir xalq, buni rad etmayman – Putin

'Ruslar va ukrainlar bir xalq, buni rad etmayman – Putin'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Xavfsizlik kengashi yig`ilishida Ukrainadagi vaziyat bo`yicha bayonot berdi. Bu haqda "Zamon" nashri.

Yig`ilishda Putin Ukrainadagi maxsus operasiya reja bo`yicha, qat`iy jadval asosida o`tayotganini va maxsus operasiya davomida belgilangan barcha vazifalar muvaffaqiyatli hal etilayotganini ma`lum qilgan. 

Shuningdek, Prezient ruslar bilan ukrainlar bir xalq ekanini va uni hech qachon rad etmasligini aytib o`tgan. Uning aytishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi barcha to`qnashuv joylarida tinch aholi uchun yo`laklar ajratgan. Ammo millatchilar ularni tashqariga chiqarishmayapti.

Yig`ilish bayonotiga ko`ra, Ukrainadagi operasiyada halok bo`lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga 7 mln rubldan ortiq, yaradorlarga esa 3 mln rubl miqdorida qo`shimcha to`lov beriladi.

    Boshqa yangiliklar