AsosiyJamiyat

Qig`isiztonning "Air Manas" kompaniyasi Toshkentga parvozlarni tikladi

'Qig`isiztonning "Air Manas" kompaniyasi Toshkentga parvozlarni tikladi'ning rasmi

Qirg`izistonning "Air Manas" Toshkentga parvozlarni tikladi. Aviakompaniyasi bugun uzoq tanaffusdan so`ng Bishkek-Toshkent-Bishkek yo`nalishi bo`yicha ilk parvozni amalga oshirdi, deyiladi "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabarida.

4-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:15 da "Air Manas" aviakompaniyasining samolyoti Toshkent aeroportiga qo`ndi. An`anaga ko`ra, samolyot suv archasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Oradan bir soat o`tib, soat 11:15 da samolyot bortida 144 nafar yo`lovchi bilan Toshkent –   Bishkek yo`nalishi bo`yicha jo`nab ketdi.

 Mart oyi davomida parvozlar dushanba va juma kunlari charter asosida amalga oshiriladi. Yozgi jadvalga o`tish bilan "Air Manas" Bishkek-Toshkent-Bishkek yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslarga o`tishga umid qilmoqda. Eslatib o`tamiz, aviatashuvchi O`zbekistonga deyarli ikki yil davomida parvoz qilmadi – 2020-yilda pandemiya sababli parvozlar to`xtatilgan edi.

    Boshqa yangiliklar