AsosiySport

Taekvondo. O`zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatining dastlabki kunida 3ta medalni qo`lga kiritishdi

'Taekvondo. O`zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatining dastlabki kunida 3ta medalni qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Eronning Tehron shahrida taekvondo bo`yicha klublar o`rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda O`zbekiston taekvondo WT assosiasiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi

Dastlabki kunda qizlar g`olib va sovrindorlarni aniqlab olishdi.  Unda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari uchta medalni qo`lga kiritishdi.  

Xususan, Feruza Sadikova oltin, Charos Qayumova hamda Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqishdi.  

O`zbekiston ayollar terma jamoasi ushbu musobaqada to`rtinchi o`rinni egalladi.  

Ertaga, 5 mart kuni erkaklar o`rtasidagi bahslar o`tkaziladi.  

    Boshqa yangiliklar